
Majburiy ijro byurosi nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlash, balki jamiyat hayotining turli jabhalariga faol hissa qo‘shish, ayniqsa, yosh avlod kamolotiga g‘amxo‘rlik qilish borasida ham izchil ishlarini davom ettirmoqda.
Bugungi kunda "Kitob – bebaho xazina" shiori ostida MIB tomonidan noyob va mazmunli aksiya – "Bolalarga kitob bering" chellenji muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Jumladan, Oltiariq tuman bo‘limi davlat ijrochilari D.Mamajonov va U.O‘ktamovlar "Uzumchi", " Oq oltin" hamda "Mirfozil" mahallalarda yashovchi ehtiyojmand aliment oluvchi onalar farzandlariga yosh o‘quvchilarga mo‘ljallangan qiziqarli jahon adabiyoti durdonalarini hdya etish.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi – kichkintoylarimizning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni ma’naviy boyitish, bilimga chanqoqligini qondirish va tafakkurini kengaytirishdir.
Zero, bolalikdan kitobga oshno bo‘lgan inson – bu kelajakning porloq fuqarosi, mamlakat taraqqiyotining poydevoridir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar