Kubaning sobiq etakchisi Fidel Kastroning kichik singlisi, hozirda Mayamida yashovchi Xuanita Kastro akasining dafn marosimiga bormasligini ma’lum qildi. "Men Kubaga dafn marosimiga borishim haqidagi nosog‘lom gaplardan keyin aniqlik kiritmoqchiman, men hech qachon orolga qaytmaganman va hozir ham buni qilmoqchi emasman", deb aytgan 84 yoshli Xuanita Kastro deyiladi Kun nashrida.
"51 yil avval men vatanlari uchun kurasha olishlari mumkin bo‘lgan joyni izlab Kubadan ketgan barcha kubaliklar kabi Mayamiga badarg‘a bo‘lganman. Men katta haq to‘lashga majbur bo‘lganimga qaramasdan, o‘z fikrimni o‘zgartirmaganman", deb qo‘shimcha qildi ayol.
Shu bilan birga u mafkuraviy kelishmovchiliklarga qaramasdan, akasi vafotini iztirob bilan qabul qilganini aytdi. "Men Fidelning singlisi sifatida, mening akam va opam Ramon va Anxelita vafot etganidek, mening qonim oqayotgan odamni yo‘qotganimdan iztirob chekmoqdaman", deb aytgan Xuanito. Keksa ayol kubaliklar "oxir-oqibat butun xalqni birlashtiradigan yo‘l topa olishlariga" umid bildirdi.
Xuanita Kastro Kubani 1964 yilda tark etgan. Shundan keyin u Kuba hukumatini bir necha marotaba ommaviy ravishda tanqid qilib kelgan. Keyinroq u 1961 yildan AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilib kelganini tan olgan.
20-asrning eng ahamiyatli shaxslaridan biri bo‘lgan Fidel Kastro 25 noyabrda vafot etdi. Uning vafoti bunday miqyosdagi siyosiy arboblar bilan bo‘ladigandek, ko‘plab bahslarni keltirib chiqardi. Kuba esa bu orada "Fideldan keyingi hayotga" faol tayyorgarchilik ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi