date
views 176

Davlat yerini o‘zlashtirgan soxtakor 207 mln. so‘m zarar uchun 3 avtomashinasidan ayrilishi mumkin

Davlat yerini o‘zlashtirgan soxtakor 207 mln. so‘m zarar uchun 3 avtomashinasidan ayrilishi mumkin
O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va davlat manfaatlarini himoya qilishda Majburiy ijro byurosining o‘rni beqiyos. Yaqinda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida sodir bo‘lgan voqea buning yana bir yorqin isboti bo‘ldi.

Rishton tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudining qaroriga asosan, fuqaro T.O.davlat budjetiga 207 057 580 so‘m miqdorida zarar yetkazgani uchun javobgarlikka tortilgan edi. Bu zararning asosiy sababi – T.O.ning davlat yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishi va buning uchun kadastr hujjatlarini soxtalashtirishi bo‘lgan.

Sud qarori asosidagi ijro hujjati MIB bo‘limiga kelib tushgach, davlat ijrochisi T.O.ga qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun qonuniy muddat berdi. Ammo qarzdor bu imkoniyatdan foydalanmadi va mablag‘ni to‘lamadi.

Shundan so‘ng, davlat ijrochilari qarzni undirish bo‘yicha qat’iy choralarga o‘tishdi. Tezkor so‘rovlar va tekshiruvlar natijasida, T.O.ning nomiga rasmiylashtirilgan ikkita "Cobalt" va bitta "VAZ 21063" rusumli avtomashinalari borligi aniqlandi!

Aniqlangan zahotiyoq, davlat ijrochisi tomonidan ushbu uchta avtomashina xatlandi.

Endilikda ular elektron elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilib, sotuvdan tushgan mablag‘ davlat budjetiga yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat yerini o‘zlashtirgan soxtakor 207 mln. so‘m zarar uchun 3 avtomashinasidan ayrilishi mumkin