Dastlabki xabarlarda kuyovning ismi Omar ekani aytilgan edi. Intervyularining birida, Matchonovaning o‘zi kuyov «san’atning boshqa turi bilan shug‘ullanuvchi oddiy inson» ekani haqida aytib o‘tgan edi.
«Sayyod.com»ning yozishicha, kuyovning asl ismi Omar emas, balki Muzaffar Masharifov bo‘lib, Turkiyada istiqomat qiladi, mahalliy futbol klublaridan birida to‘p suradi.
Internetda «Muzaffar Masharifov» deb qidirilsa, «VKontakte», Facebook, Badoo kabi ijtimoiy tarmoqlarda 1992 yil 28 sentyabrda tug‘ilgan bir yigitning sahifalari chiqib keladi.
Sahifalar yigitning selfilariga to‘la, ularni kuzatib, Muzaffar Masharifov haqiqatan ham sport bilan shug‘ullanishi, «Arsenal» (London) futbol klubiga ishqibozlik qilishi oydinlashadi, biroq Turkiyaning qaysi futbol jamoasida to‘p surishi noma’lum.
«Shahzodaning javoblaridan faqatgina u Muzaffar bilan avvalroq Turkiyada tanishgani, ayni vaqtda o‘zi Turkiyaning Istanbul shahrida, qaynonasi bilan birga ekanini ma’lum qilganini ayta olaman, xolos», — deb yozadi «Sayyod.com» sayti muallifi.
«Nima uchun to‘yda kuyovning yaqinlari bo‘lmagani, nima uchun u Omar ismi bilan uylangani haqida esa, lozim topsa, Shahzoda va Muzaffarning o‘zi ma’lum qilar. Bu shaxsiy va oilaviy masala», — deya qo‘shimcha qilgan sayt muallifi.
Ana shunaqa gaplar, shou-biznesda nimalar bo‘lmaydi deysiz? “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi