
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining 2025 yil 06 fevraldagi qaroriga asosan qarzdordan jabrlanuvchi foydasiga 22,6 mln. so‘m yetkazilgan zarar pulini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Mazkur qarzdorlik ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli BYD “Chazor” rusumli avtomashinasi xatlandi.
Ijro harakatlari natijasida qarzdordan 22,6 mln. so‘m moddiy zarar hamda 3,3 mln. so‘m soliq qarzlari to‘liq undirilib, ijro hujjatlari ijrosi tamomlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar