
Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituvida Beruniy tumanida joylashgan qarzdor "JAYXUN DARYOTEKTIL" MCHJdan jami 2,6 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjatlari mavjud.
Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, ularning ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, unga tegishli bo‘lgan Beruniy tumani, Kat ko‘chasida joylashgan Ip-kalava ishlab chiqarish sexi tegishli tartibda xatlovga olingan.
Xatlangan ko‘chmas mulk jami 22,6 mlrd. so‘mga baholatilib, joriy yilning 4 iyun kuni elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarish uchun buyurtma berilgan.
Ushbu mulk sotuvidan tushgan pul mablag‘lari qarzdorning davlat budjeti oldidagi qarzdorligini qoplashga yo‘naltiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing