
Afsuski, ba’zan baxtli hayot kechirib, farzandlar ko‘rgan oilalar ham arzimagan sabablarga ko‘ra ajralishib ketishadi. Buning oqibatida farzandlarning ta’minoti masalasi sudgacha yetib boradi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning buyrug‘iga asosan, O‘.N. hisobidan D.N. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati Byuroning Zomin tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Qarzdor aliment qarzini to‘lamaganligi sababli, qarzdorlik 22 mln. so‘mga yetgan.
Ijro harakatlari davomida MJtKning 47 prim 4 - moddasiga asosan chora ko‘rish uchun Sudga yuborilgan. Sud jarayonida mas’ullar tomonidan tomonlarga to‘g‘ri huquqiy tushuntirishlar berish natijasida oila yarashib, qayta tiklandi. Shu tariqa ijro ishi amalda tamomlandi va norasida bolalar ota-ona mehriga to‘yib o‘sadigan bo‘ldi.
Bu holat, oilalarning barqarorligini ta’minlash va farzandlarning huquqlarini himoya qilishda huquqiy mexanizmlarning ahamiyatini namoyon etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar