
Toshkent viloyati hududidagi «Ugom-Chotqol» qo‘riqxonasi yana bir turistik marraga aylanmoqda. Yangi qurilayotgan MSA Resort majmuasi nafaqat tabiat sevuvchilar uchun, balki milliy madaniyat, gastronomiya va an’analarni qadrlovchi yurtdoshlar hamda chet ellik mehmonlar uchun ham jozibador maskanga aylanishi kutilmoqda.
Hududda zamonaviy mehmonxona, milliy taomlar restorani va degustatsiya zali tashkil etilishi rejalashtirilgan. Eng diqqatga sazovor tomoni — bu yerda qadimiy Markaziy Osiyo an’analarini o‘zida mujassam etgan, biroq barcha zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan maxsus o‘tovlar quriladi. Bu mehmonlarga milliy muhitda zamonaviy dam olish imkonini yaratadi.
Majmuada bir vaqtning o‘zida mingdan ziyod mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ommaviy tadbirlar uchun maydonlar ham nazarda tutilgan. Rejaga ko‘ra, yillik 20 minggacha sayyohni jalb etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu nafaqat turizm salohiyatini oshiradi, balki mahalliy aholi uchun 350 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida uzumchilikning ko‘p asrlik an’analarini saqlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu degani, mehmonlar nafaqat go‘zal tabiat qo‘ynida hordiq chiqaradi, balki milliy uzumchilik tarixi va qadriyatlari bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
MSA Resort qurilishi tufayli O‘zbekiston turizmida yangi sahifa ochilishi va Ugom-Chotqol qo‘riqxonasi xalqaro miqyosda yanada mashhur maskanga aylanishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar