date

Ulush sabab davlat foydasiga 722,1 mln. so‘m davlat boji undirildi

Ulush sabab davlat foydasiga 722,1 mln. so‘m davlat boji undirildi
Byuroning Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, undiruvchi T.M. foydasiga qarzdor B.B.dan turmush davrida orttirilgan umumiy mol-mulki 18 mlrd. 464 mln. 212 ming so‘mga baholangan (avtosalon) binoning ½ qismi 9 mlrd. 232 mln. 106 ming so‘m miqdoridagi ulush qarzdordan undirilishi belgilangan ijro hujjati mavjud.

Shuningdek, ijro varaqada undiruvchiga ulush to‘lab berilgandan so‘ng, undiruvchining binoga nisbatan ulushi tugatilib, turmush davrida olingan binoning mutlaq egaligi qarzdorga o‘tishi belgilangan.

Bundan tashqari, Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor erkakdan davlat foydasiga 370 mln. so‘m, hamda undiruvchi ayoldan esa 353 mln. so‘mga yaqin davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor va undiruvchiga huquq va majburiyatlari Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan tushuntirilganidan so‘ng, qarzdor va undiruvchi o‘zaro kelishgach, bo‘lim tomonidan mol-mulkdan ulush undiruvi bo‘yicha ijro hujjati Qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.

Qarzdor va undiruvchidan davlat foydasiga 722,1 mln. so‘m miqdoridagi davlat bojlari to‘liq undirilib, ijro hujjatlari Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ulush sabab davlat foydasiga 722,1 mln. so‘m davlat boji undirildi