date

Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi (video)

Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchragani aytilgan videolar tarqaldi. Qo‘shiqchi o‘z sahifasida mazkur xabarni tasdiqladi.

Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, hodisa 19 iyun kuni soat 12:20 larda Qo‘rg‘ontepa tumani, “Xurobod” mahallasi hududidan o‘tgan D-138 avtomobil yo‘lining 42-kilometrida sodir bo‘lgan.

Kadr: Instagram / Shoira Otabekova
1980 yilda tug‘ilgan Sh.O. o‘zining BYD song plus rusumli transport vositasida Xonobod shahar yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi chegara sim to‘sig‘iga borib urilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi texnik shikastlangan. Mazkur holat yuzasidan hozirda Qo‘rg‘ontepa tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Men avtohalokatga uchradim. Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, siqqan odam qochib ketdi. O‘zimga hech nima bo‘lmadi. Ko‘ramiz endi buni ortida kim turganini”, deydi xonanda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi (video)