
Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 01.04.2011-yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi D.M. foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun qarzdor P.Q.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Qarzdor P.Q. aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi oqibatida uning qarzdorligi 19 mln. so‘mdan oshib ketgan.
Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning yashash manziliga bir necha marotaba borilganida, qarzdor ushbu manzilda yo‘qligi aniqlanganligi sababli unga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
Joriy yilning 17 iyun kuni Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi qidiruv shu’basi xodimlari va Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida qarzdor P.Q. Nukus shahridagi qurilish obyektlarning biridan topilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar