date

MIB Qashqadaryo: 83 mlrd. so‘m aliment pullari undirib berildi

MIB Qashqadaryo: 83 mlrd. so‘m aliment pullari undirib berildi
Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari himoya ostida!

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va farzandlar oldidagi burchni ado ettirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

2025 yilning o‘tgan davrida erishilgan natijalar:

83 milliard so‘m — aliment puli qarzdorlardan undirildi. Shundan, 13 mlrd. so‘mi iyun oyiga to‘g‘ri keladi.

163 nafar ishsiz qarzdor fuqarolar ish bilan ta’minlandi. Bu nafaqat aliment to‘lash imkonini yaratdi, balki ularning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

2 117 nafar oila yarashtirildi. Bu — minglab farzandlar uchun qayta tiklangan oilaviy muhit, mehr va barqaror kelajak deganidir.

460 nafar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan otalarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi, 47 nafar qarzdor otalar esa jinoiy javobgarlikka tortildi.

Bu ko‘rsatkichlar — davlatimiz tomonidan bolalarning himoyasi va kelajagi, oilalarning barqarorligiga qanchalik katta e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

Eslatma: Agar siz yoki yaqinlaringiz aliment masalasida muammoga duch kelayotgan bo‘lsa, bepul huquqiy yordam olishingiz mumkin.

Majburiy ijro byurosi har doim yoningizda!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Qashqadaryo: 83 mlrd. so‘m aliment pullari undirib berildi