date

Paxtakor tumanida yuz million so‘mdan ziyod soliq qarzi undirildi

Paxtakor tumanida yuz million so‘mdan ziyod soliq qarzi undirildi
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi davlat budjetining to‘ldirilishi va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Paxtakor tumanida Majburiy ijro byurosi tomonidan soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.

Fermer ho‘jaligi Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining qaroriga asosan 113 million so‘m soliq qarzini to‘lamagan. Ushbu qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro varaqasi Byuroning Paxtakor tumani bo‘limiga kelib tushgan.

Davlat ijrochilari tomonidan zudlik bilan qarzdor fermerning hisob raqamlariga band solindi va barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yildi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan 113 million so‘mlik soliq qarzi to‘liq undirildi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Bu kabi choralar soliq intizomini mustahkamlash va davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxtakor tumanida yuz million so‘mdan ziyod soliq qarzi undirildi