
Twitter ijtimoiy tarmog‘i Yes!
startapini xarid qildi va uning rahbari Kit Koulmanni Twitter vise-prezidenti etib tayinladi. Twitter asosiy mahsulotini boshqarish Kremniy vodiysidagi eng murakkab vazifalardan biri hisoblanadi.
Chunki kompaniya ancha vaqtdan beri foydalanuvchilar sonini oshirishni uddalay olmayapti.
Yes! bilan amalga oshirilgan bitim tafsilotlari e’lon qilinmayapti. Kompaniya shu paytga qadar ikkita ilova ishlab chiqqan: foydalanuvchilar holatini bildiruvchi wyd xizmati hamda do‘stlar bilan uchrashuvlarni rejalashtirishga mo‘ljallangan Frenzy ilovasidir.
Twitter bilan bitim yakunlangach, ikkala ilova ham yopilishi aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar