
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qaroriga muvofiq surunkali ravishda soliq qarzini to‘lamay kelgan fermer xo‘jaliklariga yer ijara huquqlari qayta ko‘rib chiqilishi yuzasidan o‘tkazilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan, viloyat Soliq boshqarmasi qarorlariga asosan qarzdor “A.D.” fermer xo‘jaligidan jami 94 mln. so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlari olib borilgan.
Qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor fermer xo‘jaligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydoni xatlangan va auksion savdosiga chiqarilgan.
Natijada, qarzdordan 94 mln. so‘m soliq qarzi, shuningdek 1,9 mln. so‘m ijro yig‘imi to‘liq undirilib, ijro hujjatlari tamomlangan.
Mazkur yo‘nalishda undiruv tadbirlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar