
Farg‘ona viloyatida qalbaki va sifati shubhali dori vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida dorixonalar orqali sotuvga chiqarilayotgan yashirin mahsulotlar aniqlandi.
Tekshiruv davomida “X.” xususiy korxonasiga tegishli Farg‘ona shahri va Toshloq tumanidagi uchta dorixonadan Sirdaryoda ro‘yxatdan o‘tgan "R.M." MCHJ yorliqlari bilan qadoqlangan, haqiqiyligi shubha ostiga olingan 2 081 dona “Natriy xlorid”, “Metronidazol” va “Levofloksatsin” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Davom etgan surishtiruvlarda “Z.A.” MCHJ rahbari X.N. dorilar ishlab chiqarish uchun zarur ruxsatnomaga ega bo‘lmagani, Toshloq tumani “Qanjirg‘a” mahallasidagi sexda “Natriy xlorid” va “Levofloksatsin” preparatlarini noqonuniy ravishda tayyorlab kelayotgani fosh etildi.
Tergovchilar ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi asosida (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish va tarqatish) jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Aybdorlarga nisbatan tergov harakatlari boshlab yuborildi va barcha ashyoviy dalillar musodara qilindi.
Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu kabi holatlar aholi salomatligi uchun jiddiy xavf soladi va farmatsevtika sohasida shaffoflikni ta’minlash uchun kuchli nazorat zarur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar