date

MIB: Jizzaxda oilalar yarashtirildi

MIB: Jizzaxda oilalar yarashtirildi
Majburiy ijro byurosi Baxmal va Sharof Rashidov tuman bo‘limlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinlari hamda manfaatlari uchun xizmat qilib, aliment bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sudlarning ijro hujjatiga asosan, qarzdorlar hisobidan undiruvchilar foydasiga voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ish yurituviga kelib tushdi.

Ijro harakatlari davomida byuro xodimlari tomonidan qarzdor va undiruvchilarga berilgan ko‘rsatma va tavsiyalarga ko‘ra, ushbu oilalar yarashtirilib, ijro hujjatlari ish yurituvdan tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Jizzaxda oilalar yarashtirildi