
Joriy yilning 10 iyul kuni Uchko‘prik tumanida Majburiy ijro byurosi xodimlarining tashabbusi bilan bir olam umid, bir olam imkoniyatlar eshigi ochildi.
Bu shunchaki mehnat yarmarkasi emas, balki hayotning og‘ir sinovlaridan o‘tayotgan, ertangi kunga umid bilan boqayotgan ishsiz fuqarolar, xususan, farzandlari uchun tinimsiz kurashayotgan aliment undiruvchi onalar uchun yorug‘lik mayog‘i bo‘ldi.
Yarmarka maydoni jonlandi: Uchko‘prik tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining hududiy bo‘limlari, "Ishga marhamat" monomarkazi va kasb-hunar markazlari o‘z bag‘rini ochib, har bir ishtirokchiga yangi yo‘llar ko‘rsatdi. Oshpazlikning xushbo‘y hidlari, parrandachilikning mahoratli sirlari, tikuvchilikning nafis san’ati – barchasi yarmarka mehmonlari ko‘z o‘ngida jonli namoyish etildi. Bu yerda nafaqat bilim, balki ko‘nikma va ilhom ham taqdim etildi.
Bunday tadbirlar shunchaki ishga joylashtirish emas, balki har bir insonning hayotida yangi sahifa ochish, farzandlarning porloq kelajagi uchun mustahkam poydevor qurish demakdir. Ishsiz yurgan, hayotning turli to‘siqlariga duch kelgan aliment undiruvchi fuqarolar uchun bu yarmarka haqiqiy najot bo‘ldi.
Yarmarka yakunida esa, umidlarning ro‘yobga chiqishiga shohid bo‘ldik: ishsiz aliment undiruvchi fuqarolardan 26 nafari yo‘llanmalarni qo‘lga kiritib, yangi ish o‘rinlariga ega bo‘ldilar. 8 nafariga esa hayotda o‘z o‘rnini topish uchun kasbga yo‘naltirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berildi, bu ularning kelgusi hayotida muhim qadam bo‘ladi.
Bunda, ayniqsa, aliment oluvchi onalarning taqdiriga alohida e’tibor qaratilgani, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish Byuroning ustuvor vazifasi ekanini yana bir bor namoyon etdi. Zero, Majburiy ijro byurosining asl maqsadi – ota yoki onaning kimligidan qat’i nazar, har bir bolaning ehtiyojlari to‘liq ta’minlanishi, ularning baxtli va farovon turmush kechirishi uchun sharoit yaratishdir.
Bu kabi sa’y-harakatlar tumandagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda kelgusida ham izchil davom ettirilib, hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligi ta’minlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar