date

Yerfurushlik qilgan shaxsdan 49 million so‘m jarima davlat foydasiga undirildi

Yerfurushlik qilgan shaxsdan 49 million so‘m jarima davlat foydasiga undirildi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan jinoyat ishlari yuzasidan chiqarilgan sud hukmlarini ijro etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, firibgarlik jinoyati uchun tayinlangan jinoiy jarima muvaffaqiyatli undirildi.

Ma’lumot uchun: fuqaro A.M tomonidan yer uchastkasini sotib, uni rasmiylashtirib berish va’dasi bilan bir necha nafar fuqarolarni aldagan.

Voqea yuzasidan tegishli huquqiy organlar tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan ushbu shaxs aybli deb topildi va unga nisbatan 49 million so‘m miqdorida jinoiy jarima jazosi tayinlandi.

Mazkur jarima MIB Namangan tuman bo‘limi ijrosida bo‘lgan va amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida to‘liq undirilib, davlat foydasiga o‘tkazildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yerfurushlik qilgan shaxsdan 49 million so‘m jarima davlat foydasiga undirildi