
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokraturasi va Majburiy ijro byurosi boshqarmasi tashabbusi bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi birgalikda ishsiz aliment to‘lovchilarning bandligini ta’milash maqsadida respublikamiz bo‘ylab mehnat yarmarkalari tashkillashtirilib o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida o‘tkazilgan mehnat yarmarkalari orqali jami 936 ishsiz aliment to‘lovchilarning bandligini ta’minlanishiga erishilgan.
Shunday mehnat yarmarkalarining biri joriy yilning 8 iyul kuni Nukus shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkillashtirilgan.
Yarmarkaga jami 64 ta ishsiz aliment to‘lovchilar va boshqa ishsiz fuqarolar ishtirok etgan bo‘lib, unda 21 ta korxona, muassasa va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 53 bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etgan.
Natijada 20 nafar ishsizlarning bandligi ta’minlanib, qolgan 44 nafariga mehnat munosabatlariga taalluqli huquqiy maslahatlar berilgan.
Albatta bu kabi tadbirlar birinchi navbatda yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarni moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlashga xizmat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar