date

Mirobod tumani ichki ishlar organida ishlovchi podpolkovnik ushlandi

Mirobod tumani ichki ishlar organida ishlovchi podpolkovnik ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ichki ishlar organlari tizimida qonunbuzilish holati aniqlandi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining bo‘linma boshlig‘i, podpolkovnik harbiy unvonida bo‘lgan U.S. Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilib, muqaddam ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming AQSH dollari oladi.

Ammo, u bergan va’dasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu mablag‘ning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirobod tumani ichki ishlar organida ishlovchi podpolkovnik ushlandi