
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan davlatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy bug‘ini bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Bunda tadbirkorlik subyektlari foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorliklar majburiy ijro etish choralarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy sudining 02.04.2024-yildagi ijro hujjatiga asosan javobgar "NORT VEST KONSTRAKSH MCHJ" DMdan da’vogar "O‘ZTRANSGAZ AKSIYADORLIK JAMIYATINING URGANCHTRANSGAZ" UK foydasiga jami 2 695 639,9 ming so‘m undirish belgilangan.
Da’vogar ushbu ijro hujjatini qonunchilikga ko‘ra dastlab qarzdorga xizmat ko‘rsatuvchi bankga topshirgan bo‘lsada, ijro hujjati ijrosi ta’minlanmagan.
Shunda u ijro hujjati ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limiga murojaat qilgan va bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Jumladan, bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor "NORT VEST KONSTRAKSH MCHJ" DMning asosiy bank hisob raqami xatlovga olinib, unga elektron inkasso qo‘yilgan, shuningdek qarzdorga tegishli jami 20 ta avtotransport vositalariga taqiq o‘rnatilgan.
Shuning natijasida, 2,6 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari to‘liq undirilib, undiruvchi "O‘ZTRANSGAZ AKSIYADORLIK JAMIYATINING URGANCHTRANSGAZ" UKning hisob raqamiga o‘tkazib berilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar