Amerika Qo‘shma Shtatlari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarda ishonchli g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Shu bilan birga, Vashington mintaqadagi barqarorlik saqlanishiga va Markaziy Osiyoning ushbu mamlakatida islohotlar o‘tkazilishiga umid bildirgan, Davlat departamenti vakili Mark Toner jurnalistlar bilan muloqotida shu haqda ma’lum qilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
"Umuman, biz Prezident v.b. va Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning yangi Prezidenti sifatida saylangani bilan tabriklaymiz. O‘zbekiston o‘z tarixining yangi sahifasini ochar ekan, biz mintaqaviy barqarorlik ta’minlanishiga va keng miqyosli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar boshlanishiga umid qilamiz", — degan Toner.
Uning ta’kidlashicha, EXHT missiyasi saylovlardagi "qator kamchiliklar" va "saylov jarayonidagi nuqsonlar"ni qayd etganiga qaramay, saylovlardagi shaffoflik ta’minlanganini olqishlagan.
"AQSh elchixonasi ham kuzatuv ishlarini olib borgan", — degan Toner, uning natijalariga oydinlik kiritmagan.
2016 yil 4 dekabrida O‘zbekiston prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tdi. MSK bayonotiga ko‘ra, respublika prezidenti vazifasini bajaruvchi Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz to‘plagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi