date

Kelin sarpolarni MIB orqali qaytarib oldi

Kelin sarpolarni MIB orqali qaytarib oldi
Afsuski, hayotda turli vaziyatlar uchraydi. Oilaviy ajralishlar esa nafaqat ruhiy, balki moddiy tomondan ham qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Ayniqsa, kelinlik sarpolarini qaytarib olish ba’zida muammoga aylanadi. Ammo qonun himoyasida bunday muammolar hal etiladi.

Yaqinda Majburiy ijro byurosining Zarbdor tuman bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning bir ijro hujjati kelib tushdi. Unga ko‘ra, fuqaro G.R. foydasiga, ajrashgan turmushdan so‘ng, kelin bo‘lib tushgan uyidan 70 turdagi shaxsiy mol-mulklarni (kelinlik sarpolarini) olib berish belgilangan edi.

Davlat ijrochisi ushbu ijro hujjati asosida ishga kirishdi. Qarzdor tomon bilan muzokaralar olib borilib, ijro harakatlari amalga oshirildi. Xolislar ishtirokida hujjatda ko‘rsatilgan barcha 70 turdagi mol-mulk to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, undiruvchi fuqaroga (kelinga) qaytarib berildi.

MIB xodimlarining tezkor va qonuniy harakatlari natijasida fuqaro o‘z qonuniy mulkini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelin sarpolarni MIB orqali qaytarib oldi