date

Aliment to‘lovchi onalar soni oshib bormoqda

Aliment to‘lovchi onalar soni oshib bormoqda
O‘zbekistonda farzand tarbiyasi va moddiy ta’minoti masalasida yangicha tendensiya kuzatilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 3500 nafar ayol farzandi uchun aliment to‘lab kelmoqda.

Bunday holatlar, asosan, bola tarbiyasi mas’uliyati sud yoki kelishuv asosida otalarga yuklatilgan vaziyatlarda kuzatiladi. Ya’ni, bola vasiyligi otasiga berilganda, moddiy ta’minotni ta’minlash majburiyati onalar zimmasiga tushadi.

So‘nggi yillarda aliment majburiyatlari bilan bog‘liq ishlarning soni ortib borayotgani qayd etilmoqda. Endigina ayollar tomonidan aliment to‘lash holatlari ham son jihatdan ko‘paymoqda. Bu, o‘z navbatida, ota-onalar o‘rtasidagi tarbiya mas’uliyati teng taqsimlanayotganidan dalolat beradi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu holat jamiyatda onalarga nisbatan munosabatda faqat bir tomonlama emas, balki barobarlik prinsipi asosida yondashish ehtiyojini ko‘rsatadi. Ota bo‘lsin, ona bo‘lsin — har ikki tomon ham farzand taqdiri uchun mas’ul hisoblanadi.

Yuridik sohadagi yangilanishlar ham farzand manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ymoqda. Bolalarning huquqlari himoyasiga oid qonunchilikda ota-onaning qay biri farzandni tarbiyalayotgan bo‘lsa, ikkinchisi uni moddiy jihatdan ta’minlashi shartligi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekistonda 3500 nafar ona tomonidan aliment to‘lanishi mazkur me’yorlar amalda joriy etilayotganini tasdiqlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lovchi onalar soni oshib bormoqda