date

Soliqdan qochgan fermerning yashirgan Aion avtomabili topildi

Soliqdan qochgan fermerning yashirgan Aion avtomabili topildi
Majburiy ijro byurosining Arnasoy tumani bo‘limi ish yurituviga "D.R." fermer ho‘jaligining 285 mln. so‘m soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning mulkiy holatini o‘rganish maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor xo‘jalikka tegishli "Aion" rusumli avtotransporti mavjudligi aniqlangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor mazkur traktorni xatlovdan yashirganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Arnasoy tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan Aion rusumli avtotransporti topilib, o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida ushbu mulk auksion savdolarida sotilib, tushgan pullar fermerning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklariga yo‘naltirilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliqdan qochgan fermerning yashirgan Aion avtomabili topildi