
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumanidagi mashhur “Namangan shashlik” nomi ostida faoliyat yurituvchi shashlikxonada eshak go‘shti sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu iddaolar jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Shahrixon tuman bo‘limi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unda qayd etilishicha, jamiyatdagi tahlikali ma’lumotlarga asosan “Rayimjon orzu baraka” MCHJ (Namangan shashliklari) qoshidagi shashlikxonada tekshiruvlar olib borilgan.
O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, mazkur shashlikxonadagi go‘shtlar Namangan viloyatida joylashgan “Zarbdor” MCHJ qushxonasidan olib kelinadi. Bu yerda so‘yish jarayoni veterinariya mutaxassislari nazoratida amalga oshiriladi. Go‘shtga tegishli so‘yish akti tuzilib, veterinariya laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkaziladi va iste’molga yaroqli ekanligi muhr bilan tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, maxsus transport orqali yetkazib berilib, muzlatgichlarda tegishli qoidalarga muvofiq saqlanadi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Shahrixondagi “Namangan shashliklari”da eshak go‘shti sotilayotgani haqidagi mish-mishlar asossiz ekanligi aniqlandi.
Tegishli idoralar fuqarolardan rasmiy manbalar tasdiqlamagan yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikni, feyk xabarlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rab qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar