date

Qo‘shrabot tumanida 106,7 million so‘mlik aliment qarzi undirildi

Qo‘shrabot tumanida 106,7 million so‘mlik aliment qarzi undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining 2020 yil 23 oktyabrdagi qarori bilan qarzdor Z.B.dan undiruvchi D.D. foydasiga besh nafar farzandining moddiy ta’minotini ta’minlash maqsadida har oyda oladigan daromadining yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati ijro etishga yuborilgan holda Byuroning Qo‘shrabot tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor Z.B.ning aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorligi 106 million 747 ming so‘mdan oshgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha ish ko‘rilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildi va tushuntirildi.

Qarzdor ota joriy yilning 14 iyulida Byuroning Qo‘shrabot tuman bo‘limiga kelib, qarzdorligini ixtiyoriy ravishda to‘ladi va aliment mablag‘lari undiruvchiga undirilib berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘shrabot tumanida 106,7 million so‘mlik aliment qarzi undirildi