date

Chet el fuqarosidan 58 mln. so‘mlik aliment pullari undirildi

Chet el fuqarosidan 58 mln. so‘mlik aliment pullari undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 15.12.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.R.dan undiruvchi A.S.ning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Xonqa tumani bo‘limi tomonidan ijroni ta’minlash maqsadida qarzdor A.R.ning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari tegishli qonun talablariga ko‘ra cheklab qo‘yilgan edi.

Shunda qarzdor A.R. Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ekanligi va chetga chiqishi uchun davlat ijrochilariga murojaat qildi.

Davlat ijrochilari esa, unga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-son Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida alimentlarni besh yildan kam bo‘lmagan muddat uchun oldindan to‘lash mumkinligi tushuntirishgan.

Shunga ko‘ra, ijro hujjati bo‘yicha qarzdor ota farzandi moddiy ta’minoti uchun to u voyaga yetgunga qadar hisoblangan 58.084,2 ming so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi hamda qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chet el fuqarosidan 58 mln. so‘mlik aliment pullari undirildi