date

Boshpanasiz qolgan ona voyaga yetmagan farzandlari bilan erining uyiga kiritildi

Boshpanasiz qolgan ona voyaga yetmagan farzandlari bilan erining uyiga kiritildi
Fuqaro T.M. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashadi va ikki nafar voyaga yetmagan farzandini tashlab chet davlatga ishlashga ketadi, biroq ortga qaytishni istamay, farzandlari tarbiyasi va ta’minotiga mas’ulligini unutadi.

Bu vaqtda turmush o‘rtog‘i ikki nafar voyaga yetmagan qizlari bilan boshpanasiz qoladi.

Majburiy ijro byurosining Shirin shahar bo‘limi tomonidan bo‘lim ish yurituvidagi ijro ishi bo‘yicha olib borilgan ijro xarakatlari natijasida, javobgar otaning turmush o‘rtog‘i va ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uning uyiga doimiy yashash uchun kiritib qo‘yildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Boshpanasiz qolgan ona voyaga yetmagan farzandlari bilan erining uyiga kiritildi