Berlinda yosh ayolga qilingan hujum tasvirlangan kadr nemislarni qattiq g‘azablantirdi

Berlinda yosh ayolga qilingan hujum tasvirlangan kadr nemislarni qattiq g‘azablantirdi
Berlinda yosh ayolga qilingan hujum tasvirlangan kadr nemislarni qattiq g‘azablantirdi

Nemis polisiyasi Berlin metrosida ayolga qilingan hujum tasvirlangan videoyozuvni taqdim etdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.

Kadrda yosh ayolning zinalar bo‘ylab tushayotgani, uning ortidan esa to‘rt nafar erkak paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ulardan biri qizni oyog‘i bilan tepgan va natijada u zinalardan pastga qarab yiqilgan. Erkak esa bu holatni xotirjamlik bilan kuzatib, o‘z yo‘lida davom etdi.

Voqea 27 oktyabr kuni yuz bergan bo‘lib, kuzatuv kameralari yordamida olingan videoyozuv yaqindagina tarqaldi. U nemis jamoatchiligining qattiq g‘azabiga sabab bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari kadrlar jinoyatchilarni tezroq topishda yordam berishiga umid qilishmoqda.
[media=https://youtu.be/53ShMZHi7q8]
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar