Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tuman bo‘limi tomonidan aholi manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida aliment bilan bog‘liq bir qator ijro ishlari amalga oshirildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar chiqargan ijro hujjatlariga asosan qarzdorlardan undiruvchilar foydasiga voyaga yetmagan farzandlarini ta’minlash uchun aliment mablag‘larini undiruvi belgilangan.
Ijro jarayonida byuro xodimlari qarzdorlar va undiruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazib, ularga huquqiy tushuntirishlar, ko‘rsatmalar va tavsiyalar berdi. Olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida ikki oila o‘zaro yarashib, aliment bilan bog‘liq ijro ishlari yakunlandi va ish yurituvdan chiqarildi.
Majburiy ijro byurosi aholining huquq va manfaatlarini himoya qilishda o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.
G‘allaorolda aliment bilan bog‘liq ikki oila yarashtirildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar