Rossiyalik komik aktyor Sergey Svetlakov «Eshak» nomli restoran ochdi. Uning restoran reklamasi uchun tushgan surati Rossiyadagi o‘zbeklar noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqida «Ural-O‘zbekiston hamdo‘stlik jamiyati» vakili Obid Turatov Znak.com saytiga ma’lumot bergan. Obid Turatovning aytishicha reklama afishasida Sergey Svetlakovning eshak oldida chopon va qo‘lida milliy taom bilan o‘tirishi o‘zbek xalqi uchun «haqoratli» obraz.
Xabarda aytilishicha, Turatov inson huquqlari bo‘yicha Sverdlovsk viloyati vakili va Ekstremizmga qarshi kurash markaziga murojaat etgan. Shuningdek, u prokraturaga ham arz qilish niyatida.
«Men bu reklama afishasini olib tashlashlariga erishmoqchiman. Bilasizmi, nima uchun? Ertaga yosh yurtdoshlarimizdan bir, ikki kishi shirakayf holatda bu reklamag ko‘zlari tushib qolib, restoran oynalarini sindirib to‘palon qilmasliklariga kim kafolat beradi? Bizda Toshkentda nima uchundir «Svinya» -deb nomlangan restoranlar yo‘q-ku! Chunki, bu Rossiyaliklar uchun hurmatsizlik bo‘lardi.»
«Eshak» restorani reklamasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya vakili Olga Glushkovaning fikricha Svetlakovning eshak bilan tushgan suratida hech qanday hurmatsizlik yo‘q.
Restoran egalari bu mojarodan hayratdalar. «Biz nomimiz bilan hech kimni haqorat qilmadik. Qolaversa restoranimiz taomlari o‘zbekcha emas, sharqona. Biz kimnidir qadriyatlariga hurmatsizlik qilishdan yiroqmiz.» — deydi aktyor Sergey Svetlakov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»