date

Urgut tumanida 348,5 million so‘m elektr energiya qarzi undirildi

Urgut tumanida 348,5 million so‘m elektr energiya qarzi undirildi

Mamlakatimizda energetika sohasini isloh qilish va modernizatsiya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan fuqarolar va tashkilotlar tomonidan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Garchi so‘nggi yillarda to‘lov intizomi sezilarli darajada yaxshilangan bo‘lsa-da, ayrim fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hali hamon noqonuniy foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani kuzatilmoqda.

Xususan, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni bartaraf etish borasida 1 408 tadan ziyod hujjatlar ijrosi ta’minlanib, 27,3 mlrd so‘m mablag‘ undirildi.

Misol uchun, Ijro byurosining Urgut tumani bo‘limiga javobgar J.X.dan Urgut tumanidagi elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga 324 million 453 ming so‘m miqdoridagi qarzni undirish to‘g‘risida hujjat kelib tushgan. Shuningdek, qarzdor G.Z. MCHJdan 24 million 112 ming so‘m miqdoridagi qarzni undirish to‘g‘risida hujjat kelib tushgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida ushbu mablag‘lar depozit hisob raqamiga olinib, undiruvchi elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga o‘tkazib berildi.

Bunday undiruvlar nafaqat energetika sohasining samaradorligini oshiradi, balki mamlakatimizning umumiy iqtisodiy rivojlanishiga ham muhim hissa qo‘shadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urgut tumanida 348,5 million so‘m elektr energiya qarzi undirildi