
Restoranlardan biri “Uzum” ko‘rinishidagi belgini umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy ishlatgani aniqlandi, deb Intellektual mulk yangiliklari xabar berdi. Ma’lumotga ko‘ra, “F.T.” MCHJ “Uzum tezkor” va “Uzum food” tovar belgisiga o‘xshash belgidan ruxsatsiz foydalangan.
“Uzum tezkor” MCHJ sudga murojaat qilib, tovon puli undirishni so‘radi. Sud qaroriga ko‘ra, “F.T.” MCHJdan 75 mln so‘m tovon, davlat bojlari va boshqa xarajatlar hisobga olinganda jami 94 mln so‘m undirilishi belgilandi.
Adliya vazirligi tadbirkorlarga o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazish va noqonuniy foydalanish holatlarida “1008” ishonch telefoni yoki info@adliya.uz orqali murojaat qilishni tavsiya qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar