Sud qarorini ijro etish doirasida, Chust tumanining Og‘asaroy mahallasi, Olchazor ko‘chasiga kelin bo‘lib tushgan uyga kiritish yuzasidan majburiy ijro harakati amalga oshirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oilaviy nizo yuzasidan sudga da’vogar S.O‘ 2 nafar farzandi bilan o‘zi kelin bo‘lib tushgan xonadonga kiritish bo‘yicha murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudi tomonidan da’vo qanoatlantirilib, qaror chiqarilgan.
Sud hujjati asosida Byuroning Chust tuman bo‘limi va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida, belgilangan huquqiy tartib asosida kelin ushbu xonadonga majburiy ravishda kiritildi.
Jarayon qonun doirasida, tinchlik va tartib saqlangan holda amalga oshirilgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish sud tartibida ko‘rib chiqilgan.
Chustda ona farzandlari bilan xonadonga kiritildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar