19 avgustga o‘tar kechasi Buxoro shahrida, tarixiy Minorai Kalon yaqinida joylashgan ikki qavatli oshxonada jiddiy yong‘in yuz berdi. Bu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, 19 avgust kuni soat 00:45 da Buxoro shahri, Zarafshon mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida, joylashgan ikki qavatli oshxonaning ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Ular soat 00:49 da hodisa joyiga yetib borib, olovni atrofini o‘rab olishga 00:53 da muvaffaq bo‘ldi. Yong‘in soat 01:50 da to‘liq bartaraf etildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan 100 kvadrat metr maydonda oshxonaning tom qismi va ichki jihozlari zarar ko‘rdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Qutqaruvchilar hodisaning sababini aniqlash va kelgusida shunga o‘xshash holatlarning oldini olish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Bu holat Buxoro aholisi uchun favqulodda ogohlantirish bo‘lib xizmat qildi va har bir shaxsning xavfsizligi hamda tezkor harakatlar ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!