Mamlakatimizda 22−23 avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan edi.
Umumxalq xayriya hasharida Majburiy ijro byurosi markaziy apparati xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Barcha Byuro xodimlari ma’muriy bino atrofi va ichki hududlarni tartibga keltirib, obodonlashtirish ishlari bilan boshladi. Yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni butalash va oqlash ishlari amalga oshirildi.
Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakllantirishi bilan ham ahamiyatlidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar