12:02 / 17.12.2016
6 209

Venesuela aholisi naqd pul etishmayotganiga qarshi norozilik bildirmoqda

Venesuela aholisi naqd pul etishmayotganiga qarshi norozilik bildirmoqda

Venesuelaning bir necha shtatlarida naqd pul etishmayotgani va do‘konlarning 100 bolivarlik qog‘oz pullarni qabul qilishni rad etayotganlariga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Mamlakat aholisi naqd pul etishmovchiligi muammosini hal qilishni talab qilmoqda. Bir hafta avval, 12 dekabrda Venesuela 100 bolivarlik qog‘oz pulni muomaladan chiqarishi ma’lum bo‘lgandi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning aytishicha, bu mafiyaga qarshi kurash bilan bog‘langan.

Shu sababli 17 dekabrda Tachira, Truxilo, Monagas, Ansoategi, Bolivar, Barinas va Suliya shtatlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Aholining ta’kidlashicha, savdogarlar va transportda tashuvchilar 100 bolivarlik qog‘oz pulni qabul qilishdan bosh tortishmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, ayni vaqtda mamlakat hukumati bu holat bo‘yicha hech qanday rasmiy izoh bermagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Venesuela aholisi naqd pul etishmayotganiga qarshi norozilik bildirmoqda