11:35 / 17.12.2016
9 153

Shavkat Mirziyoyev banklar bugungi talablardan ortda qolayotganini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev banklar bugungi talablardan ortda qolayotganini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ishtirok etib, nutq so‘zlagan edi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Davlat rahbari o‘z ma’ruzasida bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib qolayotganini ta’kidlab, quyidagilarga to‘xtaldi:

“Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda. Shuning uchun biz bugungi yig‘ilishimizga barcha yirik tijorat banklari rahbarlarini ham taklif etganmiz. Ularning bosh vazifasi – bundan keyin o‘z ish uslublarini tubdan o‘zgartirib, fuqarolarimiz va tadbirkorlarning haqiqiy ishonchini qozonishga va ularga haqiqiy ko‘makdosh bo‘lishga erishishdan iborat.

Shu bois davlat banklari oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilmoqda. Ular har bir oila bilan muloqot tashkil qilish orqali fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak.

Shu maqsadda tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak va madad berishni zimmasiga oladi.

Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatishi va shunga etaklashi lozim bo‘ladi.

Shunda odamlar bog‘dorchilik, chorvachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish, servis va boshqa sohalarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, kichkina bo‘lsa ham o‘zining korxonasini tashkil etib, qonuniy asosda daromad topadi, o‘zini ham, oilasini ham moliyaviy jihatdan mustahkamlab, mahallamiz, tumanimiz va shahrimiz, viloyatimiz va mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadi.

Bu siyosatning asosiy maqsadi shundan iboratki, biz har bir fuqaro o‘zining kuch va imkoniyati, qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng sharoit va imkoniyat yaratib berishimiz kerak”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev banklar bugungi talablardan ortda qolayotganini ta’kidladi