
Hindistonning markaziy qismidagi Aurangobod shahridan bo‘lgan tadbirkor o‘z qizining to‘yi munosabati bilan noodatiy sovg‘a taqdim etdi. The Hindu gazetasining yozishicha, Ajay Manot gazlama sanoatidagi yirik ishbilarmonlardan bo‘lib, o‘z erlarining ikki akrida boshpanasi bo‘lmagan kishilarga 90 ta uy qurib bergan. U bunga 120 ming AQSh dollarini sarfladi.
Har bir uy 25 kvadrat metrga teng bo‘lib, ikki deraza va eshiklardan iborat. Uni olmoqchi bo‘lgan nomzod uch talabga javob berishi kerak: haqiqatdan ham uysiz bo‘lishi, xarobalarda yashashi va zararli odatlarga ega bo‘lmasligi (ichmasligi, chekmasligi va giyohvand moddalar iste’mol qilmasligi) shart.
Tadbirkorning qizi turmushga chiqqach, uylarning kaliti tanlab olingan boshpanasiz kishilarga taqdim etildi.
"Bu bizning tariximizdagi yangi bir qismdir, - deya izoh berdi Ajayning o‘zi. – Umid qilamanki, mening g‘oyamni Hindistonning boshqa badavlat kishilari ham qo‘llab-quvvatlaydi. Farzandlarimiz to‘yiga sarflagan ko‘plab pullarni boshqa ezgu maqsadlarga ham yo‘naltirilish mumkinligini ko‘rsatib berdim". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar