date

Qoidabuzarning avtomashinasi xatlandi

Qoidabuzarning avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qarzdorlarga tegishli 200 dan oshiq avtotransport vositalari topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Misol uchun, byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi ish yurituvidagi, yo‘l harakati qoidasini 58 marotaba buzgan qarzdor O.Sattarovga tegishli “Jentra” avtomashinasi mazkur reyd davomida topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Natijada, qarzdordan 24 mln. 260 ming so‘m ma’muriy jarima pullari to‘liq undirilib, 58 ta ijro hujjatlari ijrosi amalda ta’minlandi.

Bu borada tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoidabuzarning avtomashinasi xatlandi