date

Elektr energiyadan qarzdor fermerning transformatorlari xatlandi

Elektr energiyadan qarzdor fermerning transformatorlari xatlandi

Ma’lumki, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan energiya uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanib kelinmoqda, to‘lov intizomi tubdan o‘zgargan. Ammo, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmasdan, iste’mol qilgan energiyasining pullarini o‘z vaqtida to‘lamaydiganlar ham uchrab turadi.

Majburiy ijro byurosi Forish tumani bo‘limi ish yurituvidagi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga qarzdor fermer xo‘jaligiga tegishli transformator qarzdorliklar evaziga xatlandi.

Kelgusida ushbu mulklar auksion savdolarida sotilib, tushgan pullardan mavjud qarzdorliklar qoplanadi.

Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi uchun to‘lov intizomini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektr energiyadan qarzdor fermerning transformatorlari xatlandi