8-sentabr kuni taxminan soat 13:30 atrofida Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Bunyodkor shohko‘chasi 2-darajali yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb shahar IIBB YHXB xabar berdi. Hodisa 4 ta avtomobil ishtirokida yuz bergan bo‘lib, ular orasida 2 ta Nexia-3, bir dona Lacetti va ZIL rusumli yuk mashinasi mavjud bo‘lgan.
YTH oqibatida baxtga ko‘ra hech kim tan jarohati olmagan. Biroq, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda Bunyodkor shohko‘chasining ushbu qismida qisqa muddatli tirbandlik kuzatilgan. Tezkor xizmatlar aralashuvi natijasida harakat yana tiklangan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddi organlar haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini yana bir bor eslatib o‘tmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!