date

O‘zini DXX va IIB xodimi deb tanishtirgan firibgar fuqaroni aldadi

O‘zini DXX va IIB xodimi deb tanishtirgan firibgar fuqaroni aldadi

O‘zini Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirgan shaxslar fuqaroni 170 ming AQSH dollariga aldagani ma’lum bo‘ldi. Bu firibgarlik oqibatida jabrlanuvchi fuqaro avtomashinasi va uyini sotib, qarzga kirgan, jamg‘armalarini yo‘qotgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga murojaat qilgan fuqaro M.P. o‘zining soddaligi va ehtiyotsizligi oqibatida katta miqdordagi mablag‘dan mahrum bo‘lganini bildirgan. Murojaatda u 2024-yil dekabr oyida shaxslar o‘zini Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va Markaziy bank xodimi deb tanishtirib, uni kriptovalyuta orqali 170 000 AQSH dollarini o‘tkazib yuborishga majbur qilganini ma’lum qilgan.

Bu maqsadda fuqaro M.P. o‘zining shaxsiy mulki – avtomashinasi va uyini sotishga majbur bo‘lgan, shuningdek, jamg‘armalarini yo‘qotgan va qarzga kirgan. Hodisa yuzasidan u 2024-yil dekabrida Kiberxavfsizlik markaziga rasmiy murojaat qilgan va jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda jabrlanuvchi sifatida rasman tan olingan.

Ombudsman shikoyatda ko‘rsatilgan holatlarni aniqlash maqsadida Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilgan. Hamkorlikda o‘rganish natijasida Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan “Kriptodo‘kon” orqali fuqaro M.P. foydasiga 115 ming AQSH dollari (1 mlrd 434 mln 625 ming so‘m) undirib berilgan.

“Ombudsmanga firibgarlik bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushadi, ammo ularning katta qismida mablag‘larni qaytarish imkoni bo‘lmaydi. Bu esa bunday holatlarga aldanmaslik va oldindan ogoh bo‘lishni taqozo etadi”, deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini DXX va IIB xodimi deb tanishtirgan firibgar fuqaroni aldadi