Farzandning moddiy ta’minoti – ota-ona zimmasidagi eng muqaddas burch. Shu burchni bajarishdan bo‘yin tovlagan har qanday shaxs qonun oldida javobgarlikka tortilishi tabiiy.
Majburiy ijro byurosining Yakkabog‘ tuman bo‘limida olib borilgan amaliy ishlar natijasida qarzdor ota farzandining taqdiri uchun mas’uliyatli qadam tashladi.
Qarzdor aliment to‘lovlarini uzoq vaqt davomida kam miqdorda berib kelgani sababli qarzi 22 mln. so‘mga yetgan edi. Davlat ijrochisi ishtirokida o‘tkazilgan suhbatlarda qarzdor va undiruvchi taraflar o‘zaro kelishuvga erishdi.
Unga ko‘ra, qarzdor nafaqat mavjud qarzdorlikni, balki farzandi voyaga yetgunga qadar – ya’ni 2033-yilgacha bo‘lgan davr uchun jami 45 mln. so‘m aliment to‘lovini to‘liq amalga oshirishga qaror qildi.
Joriy yilning 18-sentyabr pullar undirilib, ijro ishi yakunlandi.
Farzandning sog‘lom o‘sishi, ta’lim olishi va hayotda munosib o‘rin egallashi uchun aliment mablag‘lari katta ahamiyatga ega. Qonun ustuvorligi va ijro intizomi esa, farzand huquqlarini himoya qilishning eng muhim kafolatidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!