AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning bolaligi o‘tgan uy 1,25 million dollarga sotildi. Uni nomi oshkor etilmayotgan shaxs xarid qilgan, deb xabar beradi "Kun.uz" nashri.
Uy Nyu-Yorkning Kuins tumanida joylashgan. Uni ajrashayotgan er-xotinlar – restoran biznesi bilan shug‘ullanuvchi Ayzek Kestenberg va rafiqasi Klaudiya sotuvga qo‘ydi. Ular binoni 2008 yilda 782,5 ming dollar evaziga xarid qilishgan.
Uyning yangi egasi ko‘chmas mulk sohasida ishlovchi nyu-yorklik sarmoyador ekani ma’lum, xolos. U uyni kimoshdi savdolarga qo‘yib bo‘lgan. Savdolar Trampning inaugurasiya marosimiga bir necha kun qolganda – 17 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, investor uy u bergan mablag‘dan ancha qimmatroq turishini yaxshi tushunib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp sentyabrda teleboshlovchi Jimmi Fellonga The Tonight Show dasturida bolaligi o‘tgan uyni sotib olish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Bino siyosatchining otasi Fred Tramp tomonidan 1940 yilda qurilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi