Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida uchta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi ma’lum qildi.
Hodisa “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lida ro‘y bergan. 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi U.M. o‘zining “Zil-53” rusumli yuk mashinasini boshqarib ketar ekan, oraliq masofani saqlay olmay qoldi. Shu orqali, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan BYD hamda orqasidan kelayotgan Matiz rusumli avtomobillar bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YTH natijasida odamlar jarohat olmadi, transport vositalarida esa texnik shikastlar yuz berdi. Hozirda Xo‘jaobod tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha surishtiruv va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.