Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro U.A. bir nafar farzandi uchun aliment to‘lab borishi sud tomonidan belgilab qo‘yilgan. Byuroning Buloqboshi tuman bo‘limi tomonidan ijroni ta’minlash maqsadida qarzdor U.A.ning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari tegishli qonun talablariga ko‘ra cheklab qo‘yilgan.
Shu tufayli, xorijga chiqish istagida yurgan qarzdor ota farzandi ta’minoti uchun aliment pullarini oldindan to‘lab berishini bildirgan.
Ijro harakatlari davomida, taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilib, qarzdor U.A. undiruvchi D.D. foydasiga 84 million so‘m oldindan to‘lab berdi hamda qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan cheklov choralari bekor qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar