
Garovga qo‘yilgan mulkni qonunga xilof ravishda yashirish yoki xatlashdan qochirish orqali bankka ancha miqdorda zarar yetkazish holatlari Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroriga asosan bank foydasiga qarzdor A.A.dan kredit qarzdorligini garovdagi mulk — “Cobalt” avtomashinasi hisobidan qoplash to‘g‘risida ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan.
Biroq qarzdor A.A. bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni to‘lamay kelgan va o‘zining garovdagi avtomashinasini xatlashdan yashirgan.
Surishtiruv jarayonida qarzdorga qonunchilikda belgilangan huquqiy oqibatlar tushuntirilgandan so‘ng, “Cobalt” avtomashinasi Jizzax shahri hududidan topildi va jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Endilikda mazkur avtomashina auksion savdolari orqali sotilishi mumkin. Tushgan mablag‘ esa qarzdorning bank oldidagi majburiyatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar